Приветствую Вас, ГостьRSS
Меню сайта


Мини-чат
Сериалар
Шоу бизнес
Наш опрос
Сайтка Бахо Берин

Всего голосов: 43
Дизайнер
Если у вас возникли какие-либо вопросы, то вы можете связаться с администратором через:

Skype:Muhammad_ali961
Icq: Нету
Вконтакте: vk.com/proso.uzbek
E-mail: ali_mr89@mail.ru

Администация не занимается обучением пользователей! А занимается поддержкой сервиса и решением проблем касающихся этого веб-сайта.
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2013 » Октябрь » 6 » Sevgi sherlari
19:07
Sevgi sherlari
♥♥♥ Yodingdami? Bir kun tasodifan ko’changdan o’tayotganda seni uchratib qoldim. Bizlar qandaydir hayajon bilan to’qnashdik. Salom alik bo’ldi o’rtada. Ikki og’iz gaplashdik ham. Sen negadir sirli bir qiyofada, go’yo nimadir demoqqa chog’landingu aytolmading. Har doim meni og’zimni poylab, eshitolmagan o’sha birgina so’zni balki umid bilan yana kutgandirsan. Lekin men doimgidek sen bilan jiddiy gaplashdim. O’zi bir bora senga yuragim tubidan atigi bir donagina ham shirin so’z aytmaganman. Bu safar ham shunday bo’ldi. Men yo’limda keskin davom etib ketaverdim. Sen esa tarvuzi qo’ltig’idan tushgan odamday ortimda qolib ketding. Kechir meni! Sen juda sodda va samimiy qizsan. Xusni jamoling ham o’zingga yarashib turadi. Fe’l-atvoring, aqlu-zakovating ko’pgina qizlarnikidanda, ziyodaroq. Senda hech bir kamchilik yo’q. Lekin…. Lekin seni chindan ham sevolmadim. Har doim sen bilan uchrashib qolsak, o’zgacha bir hayajon, o’zgacha bir mehr bilan boqar eding, yuzimga. Mendan, tug’risi, mehrni, muhabbatni kutarding. Lekin men sendan bularni qizg’angandek bo’lardim. Yo’q, yo’q to’g’risi qizg’anmasdim, men o’zga bir qizni sevib qolgandim. Unga mehrimni bergim kelardi. Seni esa ilhaq bo’lib meni sevarding. Hayot qiziq ekan: kimdir seni sevib, sevgingga zoru, sen o’zganing mehrini tilanib yurasan. Ko’ngil ekan-da, asli bu xilqat. Nimaga shunday hamon aqlim yetmaydi. Sen menga zor eding, men bowqasiga. Balki u ham qalban o’zgaga tashnadir…
Bugun tongda turib shaharga jo’nab ketdim. Sababi juda g’alati: qishloqda sening to’ying boshlandi. Hovling o’yin kulgu, bazmu jamshid. Men esa sening to’yingda qatnashishni istamadim. Buning sababini faqat uzim bilaman… …Shahar uzra tun cho’kdi. Osmonni g’uch-g’uch yulduzlar qopladi.Men esa ana shunday osuda va go’zal kechada yana o’yga botdim… Bugun sening to’ying kechasi. Sen oq libos kiygandirsan? Guldek ochilib kelin bulgandirsan? Yoningda alpqomat yoring bor. Sen baxtiyordirsan. Ko’nglim sezdi:o’zi asli ham shunday bo’lishi kerak edi-da. Sen ham axir hamma qatori baxtli bo’lishga haqlisan-ku?... Shunday pallada yuragimdan she’r yog’ilib keldi: Meni sevib sevilmagan yor Bilaman, ko’p armonlaring bor Muhabbatni qarg’ama zinhor, Yuragingga ko’mib qo’y meni! Ketayapsan taqdirga ko’nib, Orzularing chirog’i so’nib, Ko’z yoshlaring yuzningga qo’nib, Yuragingga ko’mib qo’y meni! Maktublaring o’qilmay qolgan, Meni kutib ko’zlaring tolgan Bir so’zim bor senga atalgan Yuragingga ko’mib qo’y meni! Yig’lama hech entikib, to’yib, She’rim o’qib bag’ringn o’yib O’g’ilchangga ismimni qo’yib Yuragingga ko’mib qo’y meni! …Shu kechada juda g’alati tush ko’rdim. Tushimda ko’changdan o’tgan emishman. Qarshimda esa har gal chiroyli bo’lib ochilib turadiga atirgullar negadir so’lib qolganmish. Sen esa yum-yum yig’larmishsan. Cho’chib uyg’onib ketdim. Yuzlarimga quyoshning zarrin nurlari urildi.Tundagi tushning ta’siridan kunni boshladim. Sen esa bu pallada taqdiringga ko’nib, chimildiqda o’zga bir yigitning ko’zlariga termulib o’tirganding. Meni kechir! Seni sevolmaganim gunohim emas. Lekin Alloxdan sen uchun behisob baxt tiladim. Endi esa: Yuragingga ko’mib qo’y meni Abadiy ko’milib ketay..♥♥♥
Просмотров: 685 | Добавил: Администратор | Рейтинг: 0.0/0

Хостинг от uCoz