Shirin xayollaring sarob bo'larkan, Bir kun kelib xoling xarob bo'larkan. Qalbingda armonlar serob bo'larkan, Agar ilk muxabbat aldasa seni. Bosh qo'ygan yostig'ing toshday bo'larkan, Yeganing minnatli oshday bo'larkan. Ko'zingda yosh ila tonglar otarkan, Agar ilk muxabbat aldasa seni. Baxt qushi boshingdan uchib ketarkan, Sevganing o'zgani quchib ketarkan. Yolg'izlik baxtingni yulib ketarkan, Agar ilk muxabbat aldasa seni. Ko'z yoshing daryoday oqarkan to'lib, Eng yaqin do'sting xam qo'yarkan sotib. Bir og'izgina so'z xam ketarkan botib, Agar ilk muxabbat aldasa seni. Manzillar olis,olis osmonlar Qorong'u tun bag'rida yashirin yulduzlar Tinmay tomchilar samo yoshlari Shu yomg'irga jo'r bo'lar qalb faryodlari Qo'ling silkitib ketding egib bosh Aldangan sevging deb to'kib sen ko'z yosh Sevging yakson bo'lib toptalgan mahal Qo'ling silkab yana beryapsan bardosh Ayt,umringni oldingmi qarzga Yo toptalish uchunmi yaraldi sevging Ayt,sevgingni sotgan birovga Yana qancha bardosh bersin yuraging? To'rt devoring yopiq,ko'rinmas quyosh Bu damda topilmay ketti bir sirdosh Xasrat-alaming-u,ko'zyoshing qoldi Sevging qudrati jim yakson bo'ldi Birovlar kuldilar,qo'shilding sen ham Masxara qildilar,indamading ham Sevging faryod solib qon yig'laganda O'zgalarga qo'shilib jim turding sen ham Mana endi nega kech bo'lganida Tangriga tavba qilib nola qilyapsan U go'zal tuyg'uni ravo ko'rganda Zor yig'latib,lek nega yana kutyapsan? Izla agar topa olsang armonlaringdan Yeta olsang agar samolaringdan Izla agar sabab bo'lsa voz kechganingga Topolmasang izlab ko'rgin gunohlaringdan Balki emassan gunohkor-aybdor Ammo sening aybing qildi uni xor Balki sham yoqqandi shu bir gunohkor Lek shu gunohkor deb,sensan aybdor Yetganlar bor,yetmaganlar ko'p Har kimgamas berilgan imkon Sen qodir eding sevishga ammo Xiyonating tufayli afsus u sarson
Beayb Parvardigor,aybdor bizlar Yolg'onlarimiz deb uvol chin hislar Yondim-kuydim degan so'zlar bisyor-u, Aslida o'tmishda Farxod-Shirinlar.
|