Gar ko'nglimni qo'lingga tutsam, Qalb uyingga joylolasanmi? Chin sevgimni senga atasam, Sen vafodor bo'lolasanmi? Shuncha vaqtlar bo'lding bevafo, Endi vafo qilolasanmi? Zor qalbimga qilganding jafo, Endi mehr berolasanmi? Mehr ila yuzingga boqsam, Bir jilmayib qo'yolasanmi? Gar o'zgalar senga qosh qoqsa, Sevganim bor deyolasanni? Gar quvonchdan to'kilsa yoshim, Sen men uchun kulolasanmi? Yo g'amimdan egilsa boshim Darddosh bo'lib yig'lolasanmi? Hayot yo'lim chigalga to'lsa, To'g'ri yo'lga boshlolasanmi? Bu hayotda egilb qolsam, Suyanganim bo'lolasanmi? Azoblardan ko'zim yoshlansa, Kelib yoshim artolasanmi? Hafa bo'lma men bormanku deb, Dilga dalda berolasanmi? O'zgalardan seni qizg'ansam, Bundan quvnab kulolasanmi? Aytgin kimni sevasan? desam, Faqat seni deyolasanmi?...
|